Sana va vaqt: 2023-yil 1-noyabr, 9:00–19:00
Manzil: Toshkent shahri, Hilton Tashkent City mehmonxonasi
Ishtirok etish: bepul, oldindan ro‘yxatdan o‘tish orqali.
Sizni raqamli transformatsiya bosqichida bo‘lgan kompaniyalar uchun kiberxavfsizlikning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya — Cybersecurity & Digital Transformation Conference’ga taklif qilamiz.
Sizni tashqi hujumlardan himoyalanish, raqamli xizmatlarni ishga tushirish va qo‘llab-quvvatlash, himoya tizimlarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha tajribalar bilan o‘rtoqlashadigan spikerlarning 10 dan ortiq ma’ruzalari kutmoqda. Shuningdek, O‘zbekistonda kiberxavfsizlik va raqamli transformatsiya sohasi yetakchilari ishtirokida panel muhokamasi bo‘lib o‘tadi.
Konferensiya doirasida dunyoning yetakchi IT-yechim ishlab chiqaruvchilari stendlari joylashgan expo-zona ham tashkil etiladi. Siz zamonaviy standartlar asosida kiberxavfsizlikni qanday yo‘lga qo‘yish va bu biznesga qanday foyda keltirishini bilib olasiz.
Konferensiyaning asosiy mavzulari:
Tadbir CIO, CISO, CTO, IT bo‘limlarining mutaxassislari va integrator kompaniyalar vakillari uchun foydali bo‘ladi.
Format: oflayn + onlayn