
Tahlil qo'mitasi
Qo'mita IT-kompaniyalarining mahalliy va xorijiy bozorlarga chiqishlari uchun xavf va imkoniyatlarni baholashga yordam beradigan tadqiqotlarni jamlash maqsadida tashkil etilgan.

Ta'lim qo'mitasi
Qo‘mita axborot texnologiyalari sohasi uchun kadrlar tayyorlash va IT sohasida qo‘shma ta’lim loyihalarini amalga oshirish, mamlakatimizning barcha hududlaridan iqtidorli yoshlarni jalb etish, shuningdek, maxsus yo‘nalishlar bo‘yicha malakali o‘qituvchilarni izlash bilan bog‘liq dolzarb masalalarni hal etish maqsadida tashkil etilgan.

Litsenziyalash qo'mitasi
Qo'mita litsenziyalangan dasturiy ta'minot madaniyatini oshirish, shuningdek, dasturiy ta'minot mualliflik huquqi egalarini qaroqchilikdan himoya qilish maqsadida tashkil etilgan.

Axborot xavfsizligi qo'mitasi
Xorijiy dasturiy mahsulotlarni O‘zbekiston bozoriga olib chiqish bilan bog‘liq axborot xavfsizligi jihatlarini, shuningdek, ularni qonuniylashtirish masalalarini o‘rganish qo‘mitasi.

Xalqaro hamkorlik bo‘yicha qo‘mita
Qo‘mita IT Alliance’ning xalqaro aloqalarini rivojlantirish, xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish hamda Assotsiatsiya a’zolarining xalqaro bozorlarga chiqishi uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiluvchi platforma hisoblanadi.

Sun’iy intellekt bo‘yicha qo‘mita
Qo‘mita sun’iy intellekt texnologiyalari bilan ishlaydigan kompaniyalar, ekspertlar va mutaxassislarni professional hamjamiyatni rivojlantirish, tajriba almashish hamda AI-yechimlarni amaliyotga joriy etishga ko‘maklashish maqsadida birlashtiradi.Qo‘mita sun’iy intellektning texnologik imkoniyatlari bilan bir qatorda, AI’dan foydalanish samaradorligi, xavfsizligi va mas’uliyatli qo‘llanilishi bilan bog‘liq masalalarni ham ko‘rib chiqadi.

Loyiha menejmenti qo‘mitasi (PM)
Loyiha menejmenti qo‘mitasi (PM) — loyiha boshqaruvi sohasidagi mutaxassislar, loyiha rahbarlari, ekspertlar hamda biznes vakillarini birlashtiruvchi professional platformadir.Qo‘mitaning asosiy maqsadi loyiha menejmenti sohasidagi kompetensiyalarni rivojlantirish, xalqaro standartlar va ilg‘or tajribalarni joriy etish, shuningdek davlat sektori, biznes va ta'lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.