Qidirmoq

Xalqaro PLUS-Forum Retail Central Asia


 
Markaziy Osiyodagi eng yirik soha tadbirlaridan biri 2024-yil 20–21-noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi ko‘magida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Anons roligi: https://www.youtube.com/watch?v=kLBmBJEbugw&list=PLn-PEol7in7bBJ-VqN_MO8X7n7MTEcB0Y

Bosh homiy — Mastercard

«International» mehmonxonasida bozor ishtirokchilari jamlanib, savdo retaili va elektron tijoratdagi global tendensiyalar, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish yo‘nalishlari, xizmatlarni raqamlashtirish sur’atlari, sodiqlik dasturlari, savdolarni oshirish va avtomatlashtirish hamda boshqa dolzarb masalalarni muhokama qiladilar.

Forumning asosiy mavzulari:

• Savdo retaili 2024. Tendensiyalar
• Tarmoqli va mustaqil oflayn-retail
• Marketpleyslar
• E-Commerce rivoji
• Fulfillment va logistika
• Banklar va retail
• Retaildagi to‘lov vositalari
• Mijozlar sodiqligi va marketing
• Axborot texnologiyalari
• Sun’iy intellekt (AI)
• HR strategiyasi
• Avtomobillarni onlayn sotish
• Xavfsizlik

Asosiy spikerlar orasida Mastercard, Wildberries, NielsenIQ, b1, Alibaba, Milkhouse, Kulikovskiy, KPMG, Eeeng ЯQН, POIZON, YandexAds, Korzinka, INFOLine, Beeline Uzbekistan, Lalafo, Apple VAD MDH ASBIS, Technodom, Baraka Market, VkusVill, CDEK, Asakabank, Ishonch, Texnomart, OrientSwiss, PwC, A GROUP MOTORS, TVS PAYME, Zood Mall va boshqa kompaniyalar vakillari bor.

Forumda xalqaro darajadagi ekspertlar ham ishtirok etadi.

PLUS-Forum — bozor ishtirokchilari va professional ekspertlar o‘rtasida samarali biznes muloqoti uchun platforma. U Markaziy Osiyo mintaqasi iqtisodiyotining rivojlanishiga turtki bo‘lib xizmat qiladi.

Konferensiya bilan parallel ravishda ilg‘or texnologiyalar va biznes-yechimlar ko‘rgazmasi ham faoliyat yuritadi.

PLUS-Forum «Retail Central Asia» — shunchaki tadbir emas, balki g‘oyalar va biznes aloqalari uchun platforma!

Bozor yetakchilari safidan o‘z joyingizni egallashga ulgurib qoling!

Forum haqida batafsil: https://rca.plus-forum.com/

Hozirning o‘zida ro‘yxatdan o‘ting!