.png)
Mars Solutions IT ALLIANCE assotsiatsiyasining innovatsion hamkoriga aylanganini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz.
Mars Solutions — biznes uchun kompleks IT-yechimlarni taqdim etuvchi tizimli integrator va axborot xavfsizligi sohasidagi ekspert. Kompaniya IT-infratuzilmani loyihalash va joriy etish, korporativ tarmoqlar hamda ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini (data-markazlarni) «kalit topshirish» tamoyili asosida tashkil etishga ixtisoslashgan.
Asosiy yo‘nalishlar server uskunalari, ma’lumotlarni saqlash tizimlari (SHD), virtualizatsiya yechimlari va boshqa IT-muhit komponentlarini yetkazib berishni o‘z ichiga oladi.
Mars Solutions shuningdek, axborot xavfsizligi sohasida keng ko‘lamli xizmatlarni taqdim etadi. Jumladan, ISO 27001 standarti bo‘yicha audit, axborot xavfsizligini boshqarish tizimini (ISMS) joriy etish, SOC’ni loyihalash va qo‘llab-quvvatlash, penetratsion testlar hamda yakuniy qurilmalarni himoya qilish.
Individual yondashuv, ishonchli texnologiyalar va professionallik Mars Solutions’ni raqamli barqarorlik va rivojlanishga intilayotgan kompaniyalar uchun ishonchli hamkorga aylantiradi.
Yangiliklarimizni kuzatib boring va biz haqimizda ko‘proq ma’lumotga ega bo‘ling!