Strategik rivojlanish strategik hamkorlikni talab qiladi. Biz hamkorlarimiz safiga biznes-konsalting sohasida ishonchli ekspert, g‘oyalarni barqaror biznesga aylantirishga qodir bo‘lgan Trend Systems kompaniyasini qo‘shilganidan mamnunmiz.
Trend Systems Timur Axmedjanov tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, 2024-yil fevral oyidan buyon Toshkentda faoliyat yuritib kelmoqda. Joriy yil yozida kompaniya xalqaro ishtirokini kengaytiradi: iyun oyida Pxuketda, sentyabr oyida esa Dohada yangi ofislarini ochadi.
Trend Systems kompetensiyalari biznes rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini qamrab oladi:
— Biznes-rejalarni ishlab chiqish;
— Biznesni franchayzing uchun tayyorlash;
— Xalqaro ISO standartlarini joriy etish;
— Professional xodimlarni tanlash.
Bundan tashqari, kompleks yondashuv doirasida kompaniya quyidagi xizmatlarni taqdim etadi:
— Bozorga chiqish strategiyasini ishlab chiqish;
— Noyob savdo taklifini (USP) shakllantirish;
— Bozor va iste’molchilar xarid qobiliyatini tahlil qilish;
— Raqobatchilar tahlili;
— Bozor segmentini aniqlash hamda biznes va moliyaviy modelni yaratish.
Biz Trend Systems bilan hamkorlik O‘zbekiston biznes ekotizimini mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘lishiga va ishtirokchilarimizga tizimlilik, raqobatbardoshlik hamda xalqaro rivojlanishning yangi bosqichiga chiqishda yordam berishiga ishonamiz.