2026-yil 20-may kuni IT Alliance Assotsiatsiyasi zamonaviy biznesning eng dolzarb mavzularidan biriga — sun’iy intellektning kompaniyalar, biznes jarayonlari va xavfsizlikka ta’siriga bag‘ishlangan biznes-nonushta tashkil etadi. Bugungi kunda AI savdo, analitika, avtomatlashtirish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish va ma’lumotlarni boshqarishda faol qo‘llanilmoqda. Kompaniyalar samaradorlik va raqobatbardoshlikni oshirish maqsadida AI vositalarini joriy etishga intilmoqda. Biroq yangi imkoniyatlar bilan bir qatorda yangi chaqiriqlar ham paydo bo‘lmoqda: AI tizimlaridagi xatolar xavfi, xavfsizlik masalalari, ma’lumotlar nazorati va texnologiyalarga qaramlik kabi muammolar.
Biznes-nonushta doirasida ishtirokchilar quyidagi mavzolarni muhokama qiladilar:
• AI’ning biznes rivojiga ta’siri;
• zamonaviy AI yechimlarining imkoniyatlari va cheklovlari;
• sun’iy intellektni joriy etishdagi asosiy tahdid va xavflar;
• kompaniyalarda AI’dan xavfsiz foydalanish yondashuvlari;
• yaqin yillarda AI texnologiyalarining rivojlanish istiqbollari.
Tadbir spikeri — Norbek Arziyev, Sensorika kompaniyasi bosh direktori
IT Alliance biznes-nonushtasi — bu kompaniya rahbarlari, IT mutaxassislari, biznes vakillari va soha ekspertlarini tajriba almashish, amaliy кейсlarni muhokama qilish hamda ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish uchun birlashtiruvchi yopiq professional muloqot formatidir.
Tadbir sanasi: 2026-yil 20-may
Vaqti: 09:00 – 11:00
O‘tkazilish joyi: Ogni Tashkenta | Buxoro ko‘chasi, 24
Tadbirda ishtirok etish pullik!
Joylar soni cheklangan!
Ro‘yxatdan o‘tish havola orqali
IT Alliance’ning navbatdagi biznes-nonushtalari:
• 2026-yil 3-iyun
• 2026-yil 17-iyun
Ro‘yxatdan o‘tish uchun kontaktlar:
+998 90 002 88 02
info@italliance.u
