19–20 may kunlari Toshkentdagi AZIMUT Grand Hotel mehmonxonasida soha yetakchilari, regulyatorlar va xalqaro ekspertlar raqamli transformatsiya, fintech, kriptovalyutalarni tartibga solish, islomiy bank ishi, e-commerce, kiberxavfsizlik, kapital bozori va boshqa dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun yig‘iladi. Forum O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (NAPP) va O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi ko‘magida o‘tkaziladi. Bosh homiy — Octobank.
Sahnada ishtirok etadigan asosiy spikerlar:
Viktor Orlovskiy — Silikon vodiysi investori, R136 Ventures asoschisi;
Doktor Tarik Kureyshi — AI-futurist, Xponential kompaniyasi CEO’si, MAD Talks CEO va asoschisi;
Said Abas Rafiq — Afg‘oniston to‘lov tizimining bosh direktori, Afg‘oniston Markaziy banki — Da Afghanistan Bank;
Anton Chen — Alipay+ kompaniyasining MDH hududidagi biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori.
Batafsil dastur e’lon qilindi.
O‘tkazib yuborib bo‘lmaydigan sessiyalar:
«Bank va to‘lov biznesining kiberxavfsizligi. Ijtimoiy muhandislik, kiberxavflar va boshqa muammolar»
Sessiyada Markaziy bankning «CERT-CBU» Kiberxavfsizlik markazi, Kaspersky laboratoriyasi, Hamkorbank, Palo Alto Networks, VisionLabs, Asakabank, Otbasy Bank, Bank 131 va Yalla-Hack vakillari ishtirok etadi.
«Sun’iy intellekt. AI’dan davlat darajasida, biznes, texnologiyalar va moliya sohalarida foydalanish. Best Practice. Sun’iy intellekt va xavfsizlik»
Sessiya spikerlari orasida NAPP, Halyk Bank, ITQuick Global, SQB, HUMO, Creatio, LIFEPAY, Mastercard va UpCode (Moldova) vakillari bor.
«Kichik va o‘rta biznesning holati. KOB — iqtisodiyotning ustuvor sektori»
Sessiyada PwC, Mbank Kyrgyzstan, Alphacon, HUMO va Xalqaro To‘lov Alyansi vakillari ishtirok etadi.
STARTAPLAR DIQQATIGA! Silikon vodiysi investori bilan Elevator Pitch
PLUS-Forum doirasida Start-up Elevator Pitch bo‘lib o‘tadi. Unda taklif etilgan startaplar o‘z loyihalarini 90 soniya ichida taqdim etish va Silikon vodiysi investori, R136 Ventures asoschisi Viktor Orlovskiyning e’tiborini jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Pitсhlardan so‘ng Viktor Orlovskiy tomonidan startaplarni taqdim etish bo‘yicha master-klass o‘tkaziladi.
Spikerlar orasida: Qozog‘iston Milliy banki, Gruziya Markaziy banki, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, NAPP, Alipay, HUMO, Revolut Digital Assets Europe, Mastercard, Uzum Bank, Ozon Bank, Octobank, Tencent, MOST Holding, Freedom Bank Kazakhstan, WB, Yandex, M COSMETIC, Sportmaster, Wallet In Telegram va boshqa tashkilotlar vakillari.
PLUS-Forum boshlanishiga bir haftadan kam vaqt qoldi. Hozirning o‘zida ro‘yxatdan o‘ting! Joylar soni cheklangan.
O‘zbekiston banklari, chakana savdo va davlat sektori xodimlari uchun — ishtirok etish bepul.
Yilning asosiy fintech tadbiriga qo‘shiling! Markaziy Osiyoning raqamli transformatsiyasi markazida bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.
Manzil: Toshkent, AZIMUT Grand Hotel (Amir Temur shoh ko‘chasi, 107A)
Sanalar: 2026-yil 19–20-may