Tadqiqotning maqsadi — IT-kompaniyalarning mehnat bozoridagi qabul qilinishini mutaxassislarning o‘zlari nuqtayi nazaridan obyektiv va reprezentativ tarzda o‘rganish hamda biznesga kuchli va raqobatbardosh HR-brendni shakllantirishga yordam berish.
Kompaniyangiz ishtiroki sizga nimalarni beradi:
– Mutaxassislar kompaniyangizni qanday qabul qilishini bilib olasiz: kompaniyangiz qanchalik taniqli, jozibador va ishonchli ekanini baholaysiz;
– Boshqa kompaniyalardan nimasi bilan ajralib turishingizni va qaysi yo‘nalishlarda rivojlanish salohiyati mavjudligini tushunasiz;
– Ish beruvchi brendini rivojlantirish bo‘yicha shaxsiy tavsiyalarga ega bo‘lasiz;
– Brendingiz xodimlar va ish izlovchilar nigohida — kompaniya ichida va tashqarisida qanday ko‘rinishini bilib olasiz.
Tadqiqot 50 nafardan ortiq IT-xodimga ega bo‘lgan 100 dan ziyod kompaniyani qamrab oladi. Faqat tadqiqot ishtirokchilari shaxsiylashtirilgan hisobotdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Tadqiqot natijalari taqdimoti 2025-yil sentyabr oyida mamlakat raqamli industriyasining asosiy tadbiri — ICT Week Uzbekistan doirasida bo‘lib o‘tadi.
Qo‘shiling — IT bozori sizni qanday ko‘rishini bilib oling va iqtidorli mutaxassislar uchun kurashda o‘z pozitsiyangizni mustahkamlang.
Ishtirok etish shartlari va ro‘yxatdan o‘tish