
2024-yil 28-noyabr kuni Toshkent shahrida «Reglament» kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan FINNEXT Asia xalqaro moliyaviy innovatsiyalar forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston, Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlarining moliya tizimidagi yetakchi kompaniyalar top-menejerlari va rahbarlari jamlandi. Ishtirokchilar bank bozori va fintechni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, transchegaraviy pul o‘tkazmalari, bank mahsulotlarini raqamlashtirish hamda yangi to‘lov texnologiyalarini muhokama qildilar.
Spikerlar orasida Shuxrat Qurbonov (HUMO), Kirill Palchun (MTS), Nuriddin Lafizov (Alif Uzbekistan) va boshqa ko‘plab ekspertlar bor edi. Ular o‘zlarining amaliy keyslarini va mintaqada fintechning kelajagi haqidagi qarashlarini o‘rtoqlashdilar.
Shu kabi tadbirlar haqida ko‘proq ma’lumot olish uchun bizni kuzatib boring!