.jpg)
Xalqaro FinTech & Banking 2024 forumi Toshkentda — 2024-yil 3–4-oktabr kunlari
Toshkentda moliyaviy texnologiyalar olamidagi eng muhim tadbirlardan biri — O‘zbekiston FinTech assotsiatsiyasi va Axioma School tomonidan tashkil etiladigan FinTech & Banking 2024 forumi bo‘lib o‘tadi. Forumda 300 dan ortiq ishtirokchi va 10 ta mamlakatdan 30 dan ortiq spiker jamlanadi.
Qozog‘iston, Ozarbayjon, Turkiya va Indoneziyadan mahalliy hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etadi. Forum doirasida quyidagi asosiy mavzular muhokama qilinadi:
▪️ Barqaror FinTech texnologiyalari: normativ-huquqiy baza mintaqada FinTech rivojini qanday shakllantiradi;
▪️ To‘lovlar sohasidagi innovatsiyalarning prognozlari va imkoniyatlari;
▪️ Blokcheyn texnologiyalari innovatsiyalar va iqtisodiy samaradorlik o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlay oladimi?
▪️ O‘zbekistonda qanday joriy etish misollari mavjud?
▪️ Moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurash: kiberxavfsizlik. Metodologiyalar, muvaffaqiyatli keyslar va zarur resurslar;
▪️ Generativ AI: 2024–2025-yillarda muvaffaqiyatli keyslarni qanday yaratish mumkin?
▪️ Elektron tijoratni rivojlantirish: rivojlanish, texnologiyalar, talab va mijozlar tajribasi;
▪️ Mikro, kichik va o‘rta biznes uchun FinTech va innovatsiyalar;
▪️ Hamjamiyatlar orqali FinTech sohasida yangi avlod iqtidorlarini rivojlantirish.
Texnologiyalar sohasida ayollarning roliga, xususan, «Women in FinTech» paneli doirasida alohida e’tibor qaratiladi. Spikerlar FinTech industriyasiga ko‘proq ayollarni jalb qilish yo‘llarini muhokama qiladilar.
Tadbir doirasida taklif etilgan spiker, FinTech eksperti va futurist Tarik Kureyshi global FinTech va sun’iy intellekt dunyosidagi transformatsiyaga bag‘ishlangan bir qator chiqishlarni amalga oshiradi.
Forum O‘zbekiston Markaziy banki ko‘magida o‘tkaziladi.
Dastur homiylari — USAID, CLICK, PAYNET, shuningdek, MATCH SYSTEMS.
Tasdiqlangan spikerlar orasida:
▪️ Bachana Sheliya, Loialte bosh direktori
▪️ Nika Kurdiani, Payme CEO
▪️ Muna Shukurova, Alif
▪️ Isamuhamedov Anvar, Paynet bosh direktori
▪️ Heemera
▪️ NAPP
▪️ Ulug‘bek Tavakkalov, MyBank raisi
▪️ O‘zbekiston Markaziy banki, Uzinfocom, Uzcard
▪️ David Kikvidze, Gruziya FinTech assotsiatsiyasi raisi
▪️ AIFC
▪️ Abbos Juraev, Microcreditbank raisining maslahatchisi
▪️ Baxrom Numonov, Apex Bank raisi
▪️ Uzinfocom
Forumning hamjamiyat bo‘yicha hamkorlari — IT Park Community, UNWOMEN, Women in Tech.
FinTech & Banking 2024 forumi ishtirokchilarga workshoplar va ta’lim sessiyalarida qatnashish uchun noyob imkoniyat taqdim etadi. Birinchi kun FinTech va bank texnologiyalari, kiberxavfsizlik sohasidagi asosiy masalalar va tendensiyalarni muhokama qilishga bag‘ishlanadi.
Ikkinchi kun IT va FinTech sektoridagi startaplar hamda ayollarni o‘qitish va qo‘llab-quvvatlashga qaratiladi. Ishtirokchilar muvaffaqiyatga erishgan mutaxassislarning ilhomlantiruvchi hikoyalarini tinglash, karyera rivoji bo‘yicha tavsiyalar olish va networking sessiyalarida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Forum doirasida startaplar tanlovi ham o‘tkaziladi. Unda yosh va istiqbolli kompaniyalar o‘z loyihalarini ekspertlar va investorlardan iborat hakamlar hay’atiga taqdim etishlari mumkin. Tanlov startaplar uchun investorlar e’tiborini jalb qilish va muhim biznes aloqalarini o‘rnatish imkoniyatini beradi.
Forumning asosiy tadbirlaridan biri Innovatsiyalar bo‘yicha debatlar bo‘lib, unda Nika Kurdiani, TBC Bank CEOsi, Click boshqaruvchi hamkori, futurist Tarik Kureyshi va boshqa ekspertlar ishtirok etadi. Muhokama dinamik ravishda o‘zgarib borayotgan bozor sharoitida FinTech rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini aniqlashga qaratiladi.