Qidirmoq

O‘zbekiston Elektron tijorat assotsiatsiyasi bizning strategik hamkorimizga aylandi

O‘zbekiston Elektron tijorat assotsiatsiyasi bizning strategik hamkorimizga aylanganini mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz.

Ushbu hamkorlik O‘zbekistonda elektron tijorat sektorini birgalikda rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Hamkorlik tajriba almashish, qo‘shma tadbirlar va loyihalarni tashkil etish, shuningdek, raqamli sohada startaplar va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.