ALTITUDE — IT-Alliance Assotsiatsiyasining yangi Platinum rezidenti!
IT-Alliance Assotsiatsiyasi ALTITUDE kompaniyasi Assotsiatsiya ekotizimidagi ishtirokning asosiy darajalaridan biri bo‘lgan Platinum maqomida rezidentlar safiga qo‘shilganini mamnuniyat bilan e’lon qiladi.
— Hamkorlikning yangi bosqichi
ALTITUDE kompaniyasining IT-Alliance safiga qo‘shilishi uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish, biznes aloqalarini kengaytirish hamda O‘zbekiston texnologiya bozorini rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish uchun mustahkam zamin yaratadi.
Rezidentlik kompaniyaga texnologik kompaniyalar, soha ekspertlari, xalqaro hamkorlar va biznes vakillarini birlashtirgan Assotsiatsiyaning professional ekotizimidan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.
— Platinum rezidentligi doirasidagi imkoniyatlar:
- B2B hamkorlikni rivojlantirish — potensial buyurtmachilar, texnologik hamkorlar va korporativ sektor vakillari bilan bevosita aloqalarni o‘rnatish.
- Xalqaro hamkorlik — professional aloqalarni kengaytirish va xorijiy bozorlarda yangi hamkorlik imkoniyatlarini izlash.
- Soha tadbirlarida ishtirok etish — biznes uchrashuvlari, biznes nonushtalar, ekspert muhokamalari hamda Assotsiatsiya rezidentlari uchun yopiq tadbirlarda qatnashish.
- Qo‘shma tashabbuslar va loyihalar — texnologik yechimlarni rivojlantirish, amaliy tajriba almashish hamda hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlash.
- Ekspertlar hamjamiyati — ixtisoslashgan qo‘mitalar faoliyatida, professional muhokamalarda va IT sohasini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarda ishtirok etish.
ALTITUDE jamoasini Platinum rezidenti maqomini qo‘lga kiritgani bilan tabriklaymiz va IT-Alliance professional hamjamiyatiga xush kelibsiz deymiz!