IT Alliance uyushmasi ONESEC kompaniyasi bilan birgalikda kiberrazvedkaning zamonaviy yondashuvlari va biznesni raqamli tahdidlardan himoya qilishga bag‘ishlangan biznes nonushtaga taklif etadi.
Mavzu: «OneTI Threat Intelligence»
Spiker: Dmitriy An, ONESEC
Ishtirokchilar Threat Intelligence zamonaviy vositalari kibertahdidlarni o‘z vaqtida aniqlash, hujumlarning oldini olish va biznes uchun xavflarni kamaytirishga qanday yordam berishini bilib oladilar.
Taqdimotdan so‘ng savol-javob sessiyasi va biznes-netvorking bo‘lib o‘tadi. Ishtirok etish oldindan ro‘yxatdan o‘tish orqali amalga oshiriladi. Joylar soni cheklangan.