IT Alliance uyushmasi R2 Copilot kompaniyasi bilan birgalikda korporativ muhitda sun’iy intellektdan xavfsiz foydalanishga bag‘ishlangan biznes nonushtaga taklif etadi.
Mavzu: «R2 Copilot: O‘zbekiston korxonalari uchun xavfsiz SI. Sun’iy intellekt bilan ishlash va uni boshqarishning himoyalangan protokoli»
Spiker: Denis Pasechnik
Ishtirokchilar biznes-jarayonlarga sun’iy intellekt texnologiyalarini xavfsiz joriy etish, korporativ ma’lumotlarni himoya qilish, SIdan foydalanishni nazorat qilish va zamonaviy SI vositalari yordamida xodimlarning ish samaradorligini oshirishni bilib oladilar.
Taqdimotdan so‘ng IT-hamjamiyat va biznes sektori vakillari bilan savol-javob sessiyasi hamda biznes-netvorking bo‘lib o‘tadi.
Ishtirok etish oldindan ro‘yxatdan o‘tish orqali amalga oshiriladi. Joylar soni cheklangan.