Qidirmoq

KOD IB | Toshkent 2026 — texnologiyalar, ekspertiza va ishbilarmonlik muloqoti

KOD IB | Toshkent 2026 — texnologiyalar, ekspertiza va ishbilarmonlik muloqoti

26-noyabr kuni Toshkent shahrida IT-industriya, biznes va ekspertlar hamjamiyati vakillarini raqamli transformatsiya hamda texnologik xavfsizlikning muhim masalalarini muhokama qilish uchun birlashtiradigan «KOD IB | Toshkent 2026» xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.

IT-Alliance assotsiatsiyasi «KOD IB» jamoasi va Uztelecom bilan hamkorlikda konferensiyaning hamtashkilotchisi sifatida ishtirok etadi.

To‘rtta asosiy yo‘nalish:

▪️ Axborot xavfsizligi — korporativ infratuzilmani himoya qilish, kiberxatarlarni boshqarish va xavfsizlikni ta’minlashning zamonaviy yondashuvlari.

▪️ Sun’iy intellekt — sun’iy intellektni amaliyotda qo‘llash, avtomatlashtirish imkoniyatlari va yangi texnologik muammolar.

▪️ Bulutli texnologiyalar — IT-infratuzilmani rivojlantirish, kengaytirish imkoniyatlari va bulutli yechimlar samaradorligi.

▪️ Dasturiy ta’minot — dasturiy mahsulotlarni rivojlantirish, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va joriy etishning zamonaviy yondashuvlari.

Konferensiya dasturidan:

— 24 nafar spiker va soha eksperti; — 500 nafardan ortiq ishtirokchi kutilmoqda; — amaliy ma’ruzalar va professional muhokamalar; — ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish va yangi B2B hamkorliklarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari.

KOD IB — texnologik ekspertiza biznesning real ehtiyojlari bilan uchrashadigan maydon.

Konferensiya ishtirokchilar uchun soha vakillari bilan dolzarb muammolarni muhokama qilish, texnologik yechimlar bilan tanishish va hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash imkoniyatini yaratadi.

? 2026-yil 26-noyabr

? Ro‘yxatdan o‘tish boshlanishi: 09:30

? Manzil: Toshkent shahri, Uztelecom, Mo‘minov ko‘chasi, 4/2.

RO‘YXATDAN O‘TISH VA DASTUR

IT-Alliance rezidentlari, hamkorlari va ekspertlar hamjamiyatini professional muloqotga qo‘shilishga taklif etamiz!