Qidirmoq

Lenovo, NVIDIA, Supermicro, Zebra, Greenconnect, Kvanta vakillari ishtirokida Bekem Trade konferensiyasi

Markaziy Osiyodagi keng miqyosli IT distribyutori Bekem Trade 30-yanvar kuni Intercontinental mehmonxonasida bo‘lib o‘tadigan konferensiyaga O‘zbekistonning IT-kompaniyalari va tizim integratorlari vakillarini taklif qiladi. Konferensiya soat 14:00 da boshlanadi.

Konferentsiyada Lenovo, NVIDIA, Supermicro, Zebra, Greenconnect, Kvanta va boshqalar kabi vendor kompaniyalarning vakillari so'zga chiqadi. Tadbir davomida siz zamonaviy yechimlar bilan tanishasiz, birinchi qoʻldan tushuncha va bozor tendentsiyalarini oʻrganasiz, shuningdek, jahon ishlab chiqaruvchilari vakillari va IT-sanoat ekspertlari bilan shaxsan muloqot qilish imkoniyatiga ega boʻlasiz.

Konferentsiyada qatnashish va ro'yxatdan o'tish havolasini olish uchun info@bkmt.uz
manziliga yozing. Joylar soni cheklangan!

Vaqti: 30 yanvar, 14:00-22:00
Makon: InterContinental Tashkent mehmonxonasi, Amudaryo zali (Kongress markazi, 1-qavat)
Manzil:Toshkent, Shahrisabz ko‘chasi, 2