Qidirmoq

Sun'iy intellekt va bulutlar: biznesingizni qanday optimallashtirish mumkin? CIO klubining 14-yig'ilishida javob

CIO Club – O‘zbekiston IT direktorlari klubi sizni 2023-yil 29-aprel kuni soat 10:00 dan 13:00 gacha Toshkent shahridagi INHA universitetida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi, 14-uchrashuviga taklif etadi.

Tadbir davomida raqamli biznes transformatsiyasi, sun’iy intellekt va bulutli texnologiyalardan foydalanish masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan. O‘zbekiston va MDHning yetakchi IT-kompaniyalari spikerlari zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda biznes-jarayonlarni optimallashtirish va avtomatlashtirish bo‘yicha ishi bilan o‘rtoqlashadilar. Shuningdek, yetakchi ekspertlar ishtirokida panel muhokamasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Tadbir kompaniyalarning IT-menejerlari uchun innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tajriba almashish uchun foydali bo‘ladi. Ishtirok etish uchun ro'yxatga olish ochiq.

Manbaga havola: https://ictnews.uz/19/04/2023/cioclub-14/