30-aprel kuni Toshkentda KEY TECH: AI Summit 2026 xalqaro sammiti bo‘lib o‘tdi, uning asosiy hamkori HUMO to‘lov tizimi bo‘ldi.

Sammit 300 dan ortiq ishtirokchi va 25 nafar ma’ruzachini — davlat organlari, banklar, to‘lov tizimlari, fintex-kompaniyalar, texnologik vendorlar va ekspertlar hamjamiyati vakillarini birlashtirdi. Ishtirokchilar orasida O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, IHA (NAPP), Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Kiberxavfsizlik markazi, HUMO, SQB, Kapital Bank, Ipak Yo‘li Banki, NBU, TBC Uzbekistan, Ipoteka Bank OTP Group, Yandex Tech, Pro Data-Tech, Cybernet AI va boshqa tashkilotlar bor.
Dastur markazida to‘rtta asosiy blok o‘rin oldi:
— Strategik muloqot: davlat, regulyatorlar va industriya
— Banklar, fintex va to‘lov infratuzilmasida AI
— AI-infratuzilmasi, ma’lumotlar, kiberxavfsizlik va raqamli servislar
— AI sohasidagi ayollar
Ishtirokchilar AI bugungi kunda moliya sektori, raqamli xizmatlar, to‘lov infratuzilmasi, kiberxavfsizlik va iqtisodiy rivojlanish yondashuvlarini qanday o‘zgartirayotganini muhokama qildilar.
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos ta’kidlaganidek, sun’iy intellekt — bu allaqachon iqtisodiyotning raqobatbardoshligi, davlat boshqaruvi samaradorligi va raqamli xizmatlar sifati masalasidir.
HUMO boshqaruvi raisi o‘rinbosari Dinar Samigullin kompaniya uchun sun’iy intellekt shunchaki istiqbolli yo‘nalish emas, balki to‘lov infratuzilmasini, raqamli xizmatlarni rivojlantirish va tizim barqarorligini oshirishning real vositasi ekanligini ta’kidladi.
KEY TECH: AI Summit 2026 tasdiqladiki: O‘zbekistonda sun’iy intellekt borgan sari real biznes va davlat kun tartibining bir qismiga aylanib bormoqda.